“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi


Bugun Shovot tumani “Arbob” mahallasida yashil bog‘ yaratish, mevali va manzarali daraxtlar, gul ko‘chatlarini ekish, yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish yuzasidan amaliy seminari o‘tkazildi.Seminarda daraxt ekiladigan yerlarni sifatli tayyorlash, ekilgan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini parvarishlash ishlarini agrotexnik qoidalarga rioya qilgan holda olib borish zarurligi ta’kidlandi. Hududlarda ko‘chat ekish mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Amaliy seminar yakunida nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘chat ekish jarayonlari amalga oshirilib, 210 tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











